Oʻzbekistonning isteʼdodli va maqsadli yosh fuqarolarini qoʻllab-quvvatlashning inklyuziv, barqaror va yuqori samarali ekotizimini yaratish, uning global iqtisodiyotda raqobatbardoshligini taʼminlash va davlatning ilgʻor rivojlanishiga hissa qoʻshish.
• Hamfikrlarni birlashtirishIqtidorli yoshlar bir joyga jam bo‘lib, bir-biri bilan fikr almashadi, hamkorlik qiladi va o‘z qobiliyatini to‘liq namoyon etadi.• Shaxsiy va kasbiy o‘sishga ko‘maklashishYoshlar o‘qish va kasb tanlashda kerakli maslahat, tajriba va yo‘l-yo‘riq oladi. Bu jarayon suhbatlar, ustozlar bilan uchrashuvlar, forum va podkastlar orqali olib boriladi.• O‘zaro hamkorlikni rivojlantirishTashabbusga qo‘shilganlar ijtimoiy, ilmiy, madaniy va texnologik yo‘nalishdagi loyihalarda birgalikda ishlashadi va bir-birlariga ko‘mak berishadi.• Innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashBilim olishga intilish, mustaqil fikrlash va jamiyatga foydasi tegadigan loyihalar qilish muvaffaqiyatga olib boruvchi eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
• Mas'uliyat – olingan bilim va tajribani jamiyat bilan bo'lishish istagi.• Hamkorlik – davlat organlari, xususiy sektor va xalqaro institutlar bilan hamkorlik qilish uchun ochiqlik.• Innovatsiya – ta’lim va boshqaruvda progressiv yondashuvlarga e’tibor qaratish.• Vatanparvarlik – o‘z mamlakati bilan faxrlanish va uning intellektual tayanchi bo‘lishga intilish.• Hamkorlik – ishonch, qo‘llab-quvvatlash, muloqot va tajriba almashinuvi orqali birgalikda rivojlanish.