Uzb Рус Eng

O‘zbekiston taraqqiyoti va kelajak yetakchilarini birlashtiruvchi platforma

Hamjamiyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi doirasida tashkil etilgan.

Hamjamiyat Prezident maktablari, “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohiblari, jahonning yetakchi universitet va kompaniyalarida ta’lim va tajriba olgan iqtidorli mutaxassislarni birlashtirgan.

Maqsadimiz – yangi avlod salohiyatini yuzaga chiqarish, eng yaxshi vakillarni yagona platformada birlashtirish, mamlakatimizda ularning malakasini oshirish uchun munosib shart-sharoit yaratishga ko‘maklashish, ularni O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shishga ruhlantirish maqsadida yetakchi tashkilot va ekspertlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Yangi O'zbekiston poydevorlari jamoasiga xush kelibsiz. - Ushbu platformada siz hamkorlik qilish va kasbiy o‘sish imkoniyatlarini topasiz, tashabbus va loyihalaringizni amalga oshirishda ko‘mak olasiz, rivojlanishning muhim dasturlaridan foydalanasiz hamda bir maqsad yo‘lida intilayotganlar safiga qo‘shilasiz.

about us image
Powered by GSpeech