Uzb Рус Eng

Prezident iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF—86-son Farmoniga muvofiq “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish doirasida tashkil etilgan.

Uning yaratilishi milliy intellektual kapitalni shakllantirish, farovon va barqaror Yangi O‘zbekistonni barpo etishga hissa qo‘sha oladigan yangi avlod yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Hamjamiyat Prezident maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, “Yangi O‘zbekiston” universiteti bitiruvchilari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohiblari, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi ishtirokchilari, yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari, shuningdek, nufuzli xalqaro kompaniyalarda ta’lim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni birlashtirgan.

Mazkur hamjamiyat o‘z a’zolariga O‘zbekistonda va xalqaro tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat yetakchi tashkilotlarga munosib professional takliflar topish, o‘zaro tajriba almashish, shuningdek, muhim davlat loyihalarini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratib bermoqda.

Hamjamiyat xorijda ta’lim va tajribaga ega bo‘lgan vatandoshlarni yurtimiz ravnaqidagi islohotlar jarayonlariga faol jalb etish mexanizmi sifatida shakllantirildi.

history image
Powered by GSpeech