Nima uchun Prezident iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamjamiyati bilan hamkorlik qilish kerak?
Imidj va nufuz
Hamjamiyat zamonaviy ijtimoiy-madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydigan, davlat va diasporaning e’tirofiga sazovor bo‘lgan tashkilot va kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Siz ham ularning biriga aylanishingiz mumkin.
Kontent orqali ko‘rinish
Brendingiz filmlar, podkastlar va nashrlarda tilga olinadi va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz hamda hamkor OAVlar orqali kengroq auditoriyaga namoyon etiladi.
Tanishuv va hamkorlik (Netvorking)
Biznes yetakchilari, ijodkorlar va mutaxassislar ishtirok etadigan yopiq hamjamiyatga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, oflayn uchrashuvlar va premeralarga taklifnomalar taqdim etiladi.
Ijtimoiy hissa
Yosh iste’dodlar uchun grant dasturlarida, ta’lim loyihalarida va diaspora bilan aloqa o‘rnatishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.
Birgalikdagi tanilish
Qo‘shma targ‘ibotlar, hamkorlikdagi reklama kampaniyalari va tadbirlarda qatnashasiz. Reklama xarajatlari hamkorlar bilan birgalikda qoplanadi.
Maxsus kontentdan foydalanish huquqi
Filmlar va maxsus materiallarning dastlabki variantini oldindan ko‘rish huquqi beriladi. Bu ichki kommunikatsiya yoki xodimlaringizni rag‘batlantirish uchun foydali bo‘ladi.
Strategik hamkor
Birgalikda loyihalar ishlab chiqish, barcha platformalarda asosiy hamkor maqomiga ega bo‘lish. Maxsus integratsiya paketi va shaxsiy menejer taqdim etiladi.
Loyiha homiysi
Bitta film, podkast yoki ustozlik mashg‘ulotini qo‘llab-quvvatlash. Logotipingiz yoki nomingiz loyiha e’lonlarida, tadbirlarida va titrlarda keltiriladi.
Hamjamiyat a’zosi
Saytda va yillik hisobot tadbirlarida brendning tilga olinishi. Shuningdek, yopiq kanalga qo‘shilish imkoniyati.